G’OZ

G’OZ, xonaki g’oz — o’rdaksimonlar oilasiga mansub parranda turi. Yevrosiyoning tundra va o’rmon tundra zonasida yashovchi kulrang G’oz G’ozlarning urug’boshi hisoblanadi. G’ozlar hez go’shti uchun deyarli barcha mamlakatlarda boqiladi. G’ozning tana tuzilishi qayiqsimon, bo’yni uzun, oyoq barmoqlari suzuvchi parda bilan qo’shilgan. Tumshug’ining shakli har xil: to’g’ri, qayrilgan, cho’qqaygan va boshqalar. Ayrim zoglarining tumshug’i ustida do’mbog’i bor. Patlarining rangi oq, kulrang, qo’ng’ir, dog’li va boshqalar. Tumshug’i sarg’ishqizil. kamdan-kam qora. Pat qoplami tig’iz, sovuqdan yaxshi himoya qiladi. G’ozlar boshqa xonaki parrandalarga nisbatan kechroq (34-44 haftaligida) jinsiy yetiladi. Xo’jalikda 3-4 yil foydalaniladi (ayrim hollarda 5 yil). To’dada 3— 4 makiyonga 1 erkak G’oz qoldiriladi. Makiyoni 265-350 kunligida iqlim sharoitlariga ko’ra (qishda, bahorda) tuxumga kiradi. Bir mavsumda 30— 50 (100 tagacha) dan ko’p tuxum qiladi. Jo’jasi 29-30 kunda tuxumdan chiqadi. G’ozning Xitoy, Kuban zotlari 1-yili foydalanishda eng mahsuldor hisoblanadi. Voyaga yetgan erkak G’ozlarning tirik vazni 5 — 8 (15), makiyonlariniki 4-7 (12) kilogrammgacha. Yaxshi boqilish G’ozlar 9 oyligida (3.5 — 4,5 kilogramm) go’shtga so’yiladi. Asosan, go’shti uchun boqidadi (gushti tarkibida 16% oqsil, 35% ga yaqin yog’ bor). Go’sht ishlab chiqarish uchun yirik kulrang, Kuban, xolmogor, Italiya, Reyn zotli G’ozlar boqiladi. Pati va momig’i sanoat uchun qimmatli xom ashyo (qayishqoqligi, suv o’tkazmasligi, issiqlik o’tkazuvchanligi, chidamliligi va boshqalar tufayli). G’ozlar maxsus Fermalarda boqiladi. Yosh jo’jalari go’sht uchun 9 haftaligida so’yiladi. Naslchilik to’dalarida katta yoshli G’ozlar bir yilda 130 kilogramm to’la qimmatli aralash yem bilan boqiladi. Bir sutkada bir bosh G’oz uchun ozuqa ranioni (g): don — 150— 200, kunjara va shrot — 15-20, ko’k va shirali ozuqalar — 400-500. o’t uni — 20-30, achitqi em — 7-10, mineral ozuqalar. Ayrim mamlakatlarda (Vengriya. Polsha, Frantsiya va boshqalar) sanoat parrandachiligida Land, Tuluza, Italiya. Reyn, Venger zotli G’ozlar ko’p boqiladi.