Graben
Graben (nem. graben — chuqurlik) — Er po’stining qiya, ba’zan tik yoriqlar, odatda uzilma bo’ylab cho’kkan qismi. G. bir necha yuz km ga cho’zilgan, eni bir necha o’n km bo’ladi. G.larning ko’pchiligi Rift- larga mansub. Tektonik harakatlar nati- jasida paydo bo’ladi. Hamma tomonidan yoriqlar sistemasi b-n chegaralangan mu- rakkab g.lar ham uchraydi. Bir qancha bel- gilariga qarab g.lar bo’ylama — burmali strukturalar bo’ylab cho’zilgan; ko’ndalang — G.ning uzun o’qi atrof strukturalar- ning o’qiga perpendikulyar: ponasimon — pastga tomon kengayib boradigan; bir to- monli — uzilma b-n faqat bir tomondan chegaralangan xillari bor. Dunyodagi ul- Kan g.lar sistemasi Sharqiy Afrikadan o’tgan. G’arbiy Evropada yirik g. Reyn daryosi vodiysida joylashgan. Bunday sayyoraviy masshtabdagi g.lar Rift deb ataladi. O’zbekistonda Farg’ona vodiy- sining shim. g’arbida Ko’gart vodiysida uz. 50 km ga teng g. joylashgan. Ba’zan G. o’rnida ko’l paydo bo’ladi (Issiqko’l) yoki uni daryolar kesib o’tadi.