Gradus

Gradus (lot. gradus — qadam, dara- ja), daraja — 1) t-raning turli shkala- lariga muvofiq keladigan har xil bir- liklarining umumiy nomi. Tselsiy G.i (°S), Kelvin G.i (K), Farengeyt g.i (°G’), Reomyur G.i (°R) mavjud. Tselsiy shka- lasida suvning muzlash t-rasi (0°S) b-n qaynash t-rasi (100°S) oralig’i teng 100 qismga bo’linadi. Kelvin shkalasida ideal gaz molekulalarining tartibsiz issiq,lik harakati to’xtash t-rasi, ya’ni mutlaq nol (t°=273,15°C) nol gradus (0 K) debolinadi. Farengeyt shkalasida qor va nashatir aralashmasining erish nuqtasi (0°S) b-n kishi tanasining nor- mal t-rasi (36°S) oralig’i teng 100 qismga bo’lingan. Bu shkala bo’yicha 0°C=32°F, suvning qaynash t-rasi 100°S=212°G’, demak, qor erishidan suv qaynashigacha bo’lgan t-ra 180°F. Reomyur shkalasida suvning muzlash va qaynash oralig’i 80 ga bo’lingan, ya’ni 100°C=80°R. Bu t-ra shka- lalari orasidagi bog’lanish quyidagicha: 1 K=1°C=O,8R=1,8°F; 2) yassi burchak birligi; to’g’ri burchakning 1/90 qismiga yoki doiraning 1/360 qismiga teng; ° belgi b-n belgilanadi. G=60’=3600″, bu erda ‘— burchak minutlari, ” — bur- chak sekundlari. Yoyiq burchak 180°ga teng. G. aylana yoyini o’lchash uchun ham ishlatiladi; 3) turli kattaliklarning shartli birligi; uning yordamida suv- ning qattiqligi, sulfat kislota yoki spirt kontsentrasiyasi (bome g.si—°ve), suyuqliklar qovushoqligi (suvning 20°S dagi qovushoqligiga nisbatan — Engler gradusi) va b. ko’rsatiladi.