Grafit

Grafit (Yun. grapho — yozaman) — mineral, er po’stila uchraydigan sof uglerodning bir ko’rinishi, kimyoviy formulasi — S. Geksagonal singoniya- li. Kristallari 6 burchakli plastinka, taxtacha va tangacha shaklida. Rangi qora va to’q kulrang, metallsimon yaltiroq, qattiqligi 1, qatlamning o’zida esa yuqori — 5,5 va undan ko’p. Zichligi 2,2 g/ sm3. Keng tarqalgan. O’tga chidamli, elek- trni yaxshi o’tkazadi, kimyoviy barqaror. Sun’iy ravishda ham olinadi. Asosan me- tamorfik jinslarda, kam hollarda mag- matik jinslarda uchraydi. O’zbekistonda (Qoratepa, Zirabuloq, Quljuqtov, Mar- kaziy Qizilqum) mayda va yirik kon- lar hrsil qilgan. RFda (Ilmen tog’i), Ukraina (Krivoy Rog), Kanada, Avstra- liya, AKShda konlari bor. Eng katta koni Toshqazg’anda (Quljuqtov). G.dan tigel, qalam, elektrod, bo’yoqlar tayyorlanadi. Yadro texnikasida, raketa dvigatella- ri soplosi (og’zi)ni qoplashda, yuqori haroratga chidamli bo’yoqlar, elektrodlar tayyorlashda ishlatiladi.