GRAMMATIK KATEGORIYA
GRAMMATIK KATEGORIYA – 1) Max sus ko’rsatkichlar yordamida so’zlarning o’zgarish, birikish va gap hosil qilish qoidalariga asoslangan umumgrammatik tushuncha. G. k. gramma- tikaning qaysi sohasiga oidligiga ko’ra morfologik va sintaktik kategoriyaga bo’linadi. Sintaktik kategoriyalar mor- fologik kategoriyaga teng bo’lmaydi. Mac, bizning oila — to’q oila. Bu jum- Lada morfologik jihatdan to’rt so’z, uch xil so’z turkumi bor (olmosh, ot va si- Fat, ot), sintaktik jihatdan esa faqat ikki bo’lak — ega va kesim mavjud. Ld.:G’ulomov A. G’., Asqarova M. A., Hozirgi zamon o’zbek tili, T., 1961.