Grammatik maktab

Grammatik maktab – 1) qad. Afinada 7-12 yoshdagi o’g’il bolalar uchun tashkil qilingan boshlang’ich MAK- Tab. O’qish, yozuv va hisob o’rgatilgan. G.m.da harflarni qo’shib so’z yasash usuli qo’llanilgan, ya’ni bolalar harflarni ularning nomlari (alfa, beta, gam- ma va h.k.) b-n yod olishgan. So’ng ular- dan so’zlar yasashgan. Yozuvga o’rgatishda jadvallarga ingichka tayoqchalar b-n harflar yozilgan. Sanoqni barmoqlar va toshchalar yordamida o’rganganlar. 2)qad. Rimda patrisiylar (qad. Rimdagi dastlabki tub joy aholisi) farzandla- ri va chavandozlar uchun yuqori dara- jadagi boshlang’ich maktab; grammatika, Rim adabiyoti va yunon tili o’qitilgan. 3) hoz. Buyuk Britaniya va ayrim bri- Taniya Hamdo’stligi tarkibidagi mam- lakatlarda un-tga kirishga tayyor- lovchi o’rta umumta’lim maktablari. 4)Rossiyada 17-a.da ayrim monastirlarda yunon va lotin grammatikasi, kad. Dunyo adabiyotini o’rganish uchun tashkil etil- gan maktab.