GRANKA

GRANKA (ruscha) (matbaada) — 1) bosmaxonada terilib, hali sahifa holiga keltirilmagan (verstka qilinmagan) matnlar ustuni; 2) terilgan matnni o’qib, xatolarini tuzatish, undan maket tuzish uchun qog’ozga olingan tasviri, nusxasi; 3) terilgan matnni vaqtincha (sahifalashga qadar) saqlab qo’yish uchun ishlatiladigan taxtakach.