Granodiorit
Granodiorit — intruziv nordon tog’jinsi. Mineral tarkibi kvarsli diorit b-n normal granitlar oralig’ida. G. tarkibida kvars, kaliyli dala shpati, plagioklaz va rangli mine- rallar bo’ladi. G.da granit tarkibidagi hamma aktsessor minerallar uchraydi, ammo titanit ko’proq. Zichligi 2700— 2900 kg/m3. Strukturasi to’la Kristal- langan va porfirsimon. Teksturasi mas- SIV. Porfirsimon G. Kurama, Nurota, Bo’kantov, Quljuqtov, Ovminzatov, Tom- Di tog’larida bor. Qurilishda, qoplama bezak sifatida keng ishlatiladi. Tosh- kentda Mustaqillik maydonidagi fav- vora atrofi, er osti yo’llarini qurishda G.dan foydalanilgan.