GRANOSIENIT

GRANOSIENIT — intruziv tog’jinsi. Mineral tarkibiga ko’ra gra- nit b-n sienit oralig’ida. Strukturasi to’liq kristallangan, donali, tekstu- rasi massiv. Mineral tarkibi sienit- ga juda ham yaqin, undan faqat 15% dan ortiqroq kvars minerali borligi b-n farq qiladi. Undan tashqari g. tarkibi- da kaliyli dala shpati (ortoklaz, mikro- klin yoki pertit) 50% dan 70% gacha, nor- don plagioklaz 10% dan 30% gacha, rangli minerallar 10% dan 20% gacha bo’ladi. Aktsessor minerallardan g.da apatit, tsirkon, sfen va magnetit uchraydi. G. Qurama tog’larida tarqalgan. Imoratlar poydevori, er osti yo’llarini bezashda ishlatiladi.