GRANULOMETRIYA

GRANULOMETRIYA (lot. Granulum donacha va …metriya), granulometrik tahlil, mexanik tahlil — bo’sh tog’ jinslari, tuproq va sun’iy material- larning turli o’lchamli fraktsiyalarini aniqlash usullari majmuasi. Chaqiq tog’ jinslari (qum, shag’al va b.), gil va b. gilli jinslar hamda tuproqlar turli o’lchamli organik va mineral zarralar- dan tashkil topgan. Bu zarralar o’lchamiga qarab g.da kompleks yoki fraktsiyalarga ajratiladi. G. (mexanik) taxlilda gra- nulometrik fraktsiyalarga ajratiladi. G. (mexanik) tahlilda granulometrik frak- tsiyalarning miqdori foizda aniqlanadi. O’lchami 2 mm dan katta va o’rtacha, yoki 2 mm dan 0,05 mm gacha bo’lgan qum zarralari — elaklarda ajratiladi. Zarra yoki Changsi- mon (0,05 mm dan 0,002 mm gacha) va gilli (0,002 mm dan kichik) fraktsiyalar tinch holatdagi suvda zarralarning cho’kish tez- ligi bo’yicha yoki tsentrifuga yordamida ajratiladi. Tog’jinsi u yoki bu frak- tsiyalarning ko’pligiga qarab nomlanadi. Tahlil natijalari sonli jadvallar yoki chizmalar holida tasvirlanadi. G. tog’ jinslarini hosil bo’lishi, ularning suv, neft va gazlarni o’zidan o’tkaza oli- shi va b. xususiyatlarini o’rganadi.