Grass (Grass) Gyunter
Grass (Grass) Gyunter [1927.16.10, Polsha, Dantsig (Gdansk)] — nemis yozuvchisi. 1956 y.da “uchar tovuqlarning afzalligi” she’riy to’plami nashr etil- gan. “Tunuka nog’ora” (1959) romani mashhur. Unda nemis xalqining yaqin va olis tarixi, insoniyat oldidagi aybi va uni anglash haqida so’z boradi. G. bu ro- manini “mushuk-sichqon” (1961) qissasi, “It yillari” (1963) romani b-n qo’shib, 1974 y.da “Dantsig trilogiyasi” umumiy nomi ostida nashr ettirgan. “Narkoz b-n etni o’ldirish” (1969) romani avlod- lar munosabati haqida. “Qalqonbaliq” (1977) romanida ayollar emansipasiyasi borasidagi o’z qarashlarini bayon qilgan. “Moda kalamush” (1986) romanida kuchay- ib borayotgan yadro urushi xavfiga muno- sabat bildirgan. “Bepoyon dala” (1995) romanida Germaniyaning qo’shilishi mav- zusi qalamga olingan. Nobel mukofoti laureati (1999).