Gravimetr

Gravimetr (lot. gravis — ogir va … metr) — og’irlik kuchi tezlanishini o’lchaydigan asbob. Ko’pincha, prujinali yoki aylanuvchi tarozidan iborat bo’ladi. Bunday G.lar yordamida og’irlik kuchi tez- lanishlari farqi o’lchanadi. Prujina- li g.da tezlanishlar farqini aniqlash uchun prujinaga osilgan yukcha vaziyati g. shkalasi bo’yicha o’zgarishi aniqlanadi. Bunda o’lchashlar og’irlik kuchi tezlani- shi ma’lum bo’lgan punktda va tadqiq qilinayotgan punktda ketma-ket amalga oshiriladi. Sayoz joylarda, suv tubida, suv usti va suv ostida suzuvchi kemalarda, samolyotlarda og’irlik kuchini o’lchovchi maxsus g.lar bor. Ogirlik kuchining oy va Quyoshga bog’liq tarzda o’zgarishlarini bir necha oylab qayd qilishga imkon be- radigan g.lar mavjud.