GRAVITASION ANOMALIYA

GRAVITASION ANOMALIYA, og’irlik anomaliyasi — er kurrasining aniq nuqtasida kuzatiladigan og’irlik kuchi b-n uning nazariy miqdori (og’irlik kuchining normal taqsimoti formula- sidan hisoblangan kattalik) o’rtasida farq bo’lishi. Og’irlik kuchi geografik kenglikka va erning shakliga bog’liq bo’lib, kuzatiladigan kattalik yagona yuza sathi — dengiz sathi (geoid)ga nisbatan ifodalanadi. Er sathidan h balandlik- da og’irlik kuchining kamayishi — 2gh/R “-0,0003086 Gal ga teng, bu erda K — er radiusi, g — og’irlik kuchi tezlanishi- ning o’rtacha qiymati (1 Gal = 1 sm/S2). G. a. havodagi anomaliya bo’lib, Faya anoma- liyasi deb ataladi. Erning dengiz sathiga nisbatan I qo’shimcha qatlamining torti- shish kuchi (ta’siri)ni hisobga olgan- da og’irlik kuchi o’zgarishi — 2gh/R + 2nfah~( — 0,0003086+0,0000418 o)/! Gal ga teng, bu erda o — qatlam zichligi, /— tortishish doimiysi. Bu ifoda yordami- da aniqlangan g.a. Buge anomaliyasi deb ataladi. G.a.ni aniqlash natijalari izo- anomal, ya’ni g.a. bir xil qiymatli egri chiziqlar orqali ifodalangan kartalar yordamida tasvirlanadi.