Gravitasion boyitish
Gravitasion boyitish – foy- Dali minerallarni begona jinslardan ajratib olish usuli. Ularning zichlikla- ri orasidagi farqqa asoslanadi. Mil. AV. 2 minginchi yillardayoq qo’rg’oshin va oltinni ajratib olishda g.b. usulidan foydalanishgan. 14-15-a.larda zamona- viy oltin yuvish mashinasiga o’xshash ma- shinalar yaratildi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlariga kelib foydali qazilmalarga ehtiyoj ko’payganligi sababli g.b. keng qo’llanila boshlandi. G.b.ning suvda va havoda amalga oshiriladigan xilla- ri bor. Suvning zichligi ancha yuqori bo’lgani uchun suvdagi g.b.da foydali minerallar juda aniq ajralib chiqadi. Havoda boyitiladigan mahsulotlarni suvsizlantirish talab qilinmaydi. Bu esa mahsulotlarni transport vositala- riga ortish qiyin bo’ladigan sovuq joy- larda qulaylik yaratadi. G.b.da erning tortish kuchidan (nomi shundan), markaz- dan qochma va elektromagnit kuchlardan xam foydalaniladi.