GRAVITASION TRANSPORT

GRAVITASION TRANSPORT – yuklarni faqat o’z og’irlik kuchi hisobiga tashish (mas, yuqoridan pastga tushirish) uchun mo’ljallangan qurilmalar maj- mui. Materiallar va donali yuklarga mo’ljallangan. Vintli, rolikli va tekis novsimon xillari bo’ladi. G.t.ning eng oddiysi erga nisbatan ma’lum burchak ostida o’rnatilgan Nov bo’lib, yuqoridan pastga tushiriladigan yuk novdan sir- pantirib yuboriladi. Yuklarni ancha ba- landdan tushirish uchun qiya novlar qo’l kelmaydi, chunki ular ko’p joyni egal- laydi. Bunday hollarda tik o’q atrofi- da vint chizig’i bo’ylab ishlangan Nov — vintli tushirgichlardan foydalaniladi. G. korxonalarning tsexlarida material, uzel va detallarni bir joydan ikkin- chi joyga, mas, yuqori qavatdan pastki qavatga tushirishda qo’llaniladi.