Gregarinalar

Gregarinalar (Gregarinina) — sporalilar tipining sinfi. 500 ga yaqin turi bor. Turli umurtqasiz hayvonlarda, asosan bo’g’imoyoqlilarda parazitlik qiladi. Uz. 10-15 mkm dan 16 mm gacha. Tanasi cho’ziq, chuvalchangsimon; ba’zan dumaloq (tana bo’shlig’ida parazitlik qiladigan g.). Ko’pchilik G. tanasining oldingi qismi ichak devoriga yopishadi- gan organoid-epimerit hosil qiladi. Tanasi pellikula qobiq b-n qoplangan, ko’pincha ko’ndalang to’siq b-n 2 qismga: oldingi protomerit va keyingi deytome- ritga bo’lingan. G. ichak devori yoki tana bo’shlig’ida, ba’zan jinsiy bezlarda Pa- razitlik qiladi. Asosan jinsiy yo’l b-n ko’payadi. Ko’pchilik G.da boshqa sporali- lar uchun xos bo’lgan shizogoniya (jinssiz ko’p marta bo’linish orqali ko’payish) ku- zatilmaydi.