GRENADYORLAR

GRENADYORLAR (Frans. granidiers, grenade — granata) — Evropa armiyala- rida 17-20-a.larda piyoda qo’shin turi; qo’l granatalarini otish uchun saralab olingan askar guruhi. 18-a. oxiridan sa- ralangan piyoda qism va qo’shinlar. Otliq G. ham bo’lgan. Evropa armiyalarida 17-a. ning o’rtalarida paydo bo’lgan. 1667-70 y.larda Frantsiyada g. piyoda jangchilar- ning maxsus qismi tashkil qilingan. Rossiyada G. rotalari birinchi marta 1694 y.da tashkil topdi. 1708 y.da g. rotalari 5 ta grenader polkiga ailantirilgan. 1811 y.da g. diviziyalari,1814 y. da esa g. korpuslari tashkil qilindi.