Grenlandiya dengizi
Grenlandiya dengizi – shim. Muz okeanining chekka dengizi. Grenlan-diya, Shpisbergen, Medvejiy, Islandiya, Yanmayen o.lari oralig’ida. Mayd. 1195 ming km2. O’rtacha chuq. 1444 m, eng chuqur joyi 5527 m. O’rtacha suv hajmi 1740 km3. G. D.ning iqlimi sovuq, Arktika iqlimi. Dengizning g’arbidan Sharqiy Grenlandiya sovuq oqimi, sharqidan esa Golfstrimning tarmog’i — Shpisber- gen iliq oqimi o’tadi. Suvning o’rtacha t-rasi Shimoliy qismida Fev.da —g dan past, Jan. va Jan.-sharqida 1-2°, avg.da shim.-g’arbida 0 dan past, Jan.-sharqida 6° gacha. O’rtacha sho’rligi 33-35%”. Har 12 soatda suv sathi 4,4 m gacha ko’tarilib- pasayib turadi. Suvining rangi ko’pincha yashil. G.D. da kit va Grenlandiya tyuleni hamda baliq ovlanadi. Portlari: Ba- rentsburg (Shpisbergen o.da), Akyureyri (Islandiya o.da).