GREYFER

GREYFER (nemischa Griefer, grefin — qamramoq) — bir relsli osma aravacha va ko’tarish kranlarining yukni qamrab oluvchi moslamasi. Ikki va ko’p Changalli xillari bor. Ma’lum burchakkacha ochilib-yopiladigan ikki changalli Greyfer ko’p qo’llaniladi. Greyfer 0,5 dan 15 metr kvadratgacha Material sig’adigan qilib ishlab chiqariladi.