GRIFON

GRIFON, grif (Fransuzcha griffon, lotincha gryphus, gryps) — qadimgi Afsonalardagi qanotli burgut yoki sher boshli, sher tanali afsonaviy maxluq. Grifon tasviri qadimgi dunyo san’ati (me’morlik, rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy san’at)da keng tarqalgan. Keyingi davrlar san’atida bezak (muhr, tamg’a) sifatida ko’p ishlatilgan.