Grigoryan Artur Razmikovich

Grigoryan Artur Razmikovich (1967.20.10, Toshkent) — bok- schi. Xalqaro sport ustasi (1987). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi (1991). O’zbekistonning ko’p karra chem- pioni. O’zbekistan davlat jismoniy tarbiya in-tini tugatgan (1993). 1978 y.dan boks b-n shug’ullanadi. Birinchi ustozi L. Ahmadjonov. G.ga 1986 — 93 y.larda V. Shin murabbiylik qilgan. Havaskorlik boksida 387 ta jang qilib 372 tasida g’olib chiqqan. 1994 y.dan Pro- fessional boksda (germaniyalik Fris Sdunek rahbarligida musobaqalarga tayyorlanadi). Qit’alararo champion (1995). G. jaxon boks tashkiloti (WBO) tasnifi bo’yicha 61,2 kg vazn toifasi- da 16 marta jahon chempioni (1996 — 2002, yanv.; Berlin, Gamburg, Kotbus va h. k.). Professional boksda 34 marta jang qilib hammasida enggan, “Qirol” (“Konig”) nomi b-n tanilgan. G. chempion- lik “Oltin kamar”ining biri Toshkent- dagi Olimpiada shon-shuhrati muzeyida saqlanadi. “O’zbekiston iftixori” Fax- riy unvoni (1998), “mehnat shuhrati” ordeni (1996) b-n taqdirlangan.