Grilparser (Grillparzer ) Frans
Grilparser (Grillparzer ) Frans (1791.15.1 – Vena – 1872.21.1) – Avstriya dramaturgi. Avstriya zamona- viy adabiyoti asoschilaridan. She’r va epigrammalar, realistik novellalar (“Qashshoq musiqachi”, 1848) yaratgan. G. asosan dramaturg sifatida Shuhrat qozongan. “Avlod onasi” (1817), mifo- logik mavzu asosidagi “Safo” (1818), “Oltin po’stin” (1821),”dengiz va sev- gi to’lqinlari” (1831), milliy-tarixiy mavzudagi “Qirol Ottokarning buyukli- gi va inqirozi” (1825), “xo’jasining sodiq quli” (1828), “Yolg’onchining ja- zosi” (1838), “Gabsburglar xonadonida aka-ukalar janjali” (1850), realistik ruhdagi “Toledolik yahudiy ayol” (1855) kabi fojiaviy asarlarida teskarichi gu- ruxlarning rasmiyatchilik tartiblarini qoralagan.