Grinyar (Grignard) Fransua Ogyust Viktor

Grinyar (Grignard) Fransua Ogyust Viktor (1871.6.5, Sherbur — 1935.13.12, Lion) — frantsuz organik kimyogari. Parij FA a’zosi (1926 y.dan). Asosiy ishlari organik birikmalar sintezi va ularni tekshirishga bag’ishlangan. Al- kilgalogenidlar va efir muhitidagi magniy asosida olinadigan aralash mag- niyorganik birikmalar ishtirokida organik birikmalarni ilk bor sintez qilgan (1900). Bu reaktsiyalarda efir- da eritilgan alkilmagniy galogenid- lar (Grinyar reaktivi) asosiy reagent ekanligini aniqlagan. Uglevodorodlar, spirtlar (1901 — 03), ketonlar, al- degidlar (1906), efirlar, nitrillar, aminlar (1920), kislotalar va b. sinte- zida magniyorganik birikmalardan foy- dalangan. Bu sintezlar (Grinyar reaktsi- yasi) kimyo amaliyotida keng qo’llaniladi. Nobel mukofoti laureati (1912).