Grishchenko Filipp Ivanovich
Grishchenko Filipp Ivanovich (1915.11.1, Pavlovka qishlog’i, RF — 1985.11.1, Toshkent) — haykaltarosh, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968). Ijodini yog’och portret- lar yaratish b-n boshlagan (“A. Pushkin”, “Mirzo Ulug’bek”, 40-y.lar), yoshlar hayoti aks ettirilgan kompozisiyalar ishlagan (“Hunar bilim yurtining talabasi”, yog’och, 1950 va b.). Portretlar, maishiy holatlar, mahobatli bezak haykallar va b. yaratgan.