GRUNTLAR MEXANIKASI

GRUNTLAR MEXANIKASI — mexanikaning bir bo’limi; sochiluvchan muhitlarga doir ilmiy fan sohasi. Grunt- larning zo’riqqan-deformasiyalangan holatini, mustahkamligi va ustuvor- ligi shartlarini, tashqi (asosan, me- xanik) ta’sirlar ostida xossalari- ni o’zgartirishi va b.ni o’rganish b-n shug’ullanadi. G. m.da olingan natijalar- dan binolar, sanoat va gidrotexnika in- shootlarining zaminlari va poydevorla- rini loyihalashda, yo’l qurilishi va AE- rodromlar qurilishida, erosti Kabella- ri va quvurlarini o’tkazishda, qurilish va sanoat ehtiyojlari uchun portlatuv ishlari olib borilishi va zilzilalar tufayli inshootlarga qanday zarar eti- shi mumkinligini oldindan aytishda foydalaniladi. Bunda G. m. muhandislik geologiyasi, muhandislik gidrogeologiya- si, yaxlit muhitlar mexanikasi, sochiluv- Chan muhitlar mexanikasi, elastiklik, plastiklik va yoyiluvchanlik nazariyala- ri, sochiluvchan muhit statistikasi ma’- lumotlaridan foydalanadi.