Guandun

Guandun — Xitoy Jan.dagi Pro- vintsiya, Jan. Xitoy dengizi sohilida. Mayd. 197,1 ming km2. Aholisi 71,4 mln. kishi (1998), aksariyati Xitoy (Xan)lar. Ma’muriy markazi — Guanchjou (Kanton). G. hududi bal. 1800 — 1900 m bo’lgan tog’, qir hamda Daryo vodiylaridagi pasttekisliklardan iborat. Iqlimi subtropik, Jan.da tropik. Pasttekis- liklarda yanv.ning o’rtacha t-rasi 8 — 16°, iyulniki 26 — 28°. Yillik yog’in 1200 — 2000 mm. Daryolari (Siszyan, uning irmog’i Beytszyan va b.) sersuv. G. hududining qariyb yarmi doim yashil o’rmon (qarag’ay, kunningamiya, lavr va choy daraxtlari, evkalipt, Xin va b.). Iqtisodiyotida q. x. etakchi o’rinda, g. Xitoyning tropik ekinlar eqiladigan muhim r-ni. Asosiy q.x. ekini — sholi, shuningdek, batat, shakarqamish, moyli ekinlar (er yong’oq, soya, kunjut, Kameliya, tung), mevali o’simliklar (tsitruslar, banan, ananas, Mango), jut, Rami, sizal, va b. etishtiriladi. Ipakchilik rivoj- langan. Chorvachiliqda ko’proq qoramol, cho’chqa va parranda boqiladi. Baliqchilik va baliq ovlash b-n ham shug’ullaniladi. Tuz olinadi. Sanoatining etakchi tarmog’i — oziq-ovqat va to’qimachilik. Foydali qazilmalardan bitumli sla- neslar, volfram, marganes, surma ru- dalari va b. bor. Mahalliy ko’mir va temir rudasi asosida qora metallurgiya sanoati barpo etilgan. Har xil mashi- nasozlik korxonalari Guanchjou, Chjan- Szyan, Shantouda joylashgan. Kimyo va tsellyuloza-qog’oz sanoati rivojlangan. Siszyan daryosi va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Dengiz portlari: Guanch- Jou, Chjantszyan, Shantou, Xaykou.