Gubanlar, do’rdoq baliqlar

Gubanlar, do’rdoq baliqlar (Labridae) — okun (olabug’a)Simon baliqlar turkumining bir oilasi. Ko’pchilik turlari tanasining uz. 10 — 30 sm, vazni 250 g cha; ba’zi turla- rining uz. 1,8 m ga, vazni esa 27 kg ga etadi. 400 turni o’z ichiga olgan 50 ga yaqin urug’i ma’lum. Tropik va mo”tadil iqlimli dengizlarda uchraydi; bir qancha turlari suv o’tlari yoki marjon poliplar orasida yashaydi. Rangi yashash muhitiga moslashgan yaltiroq, tiniq bo’ladi. Qora dengiz va Azov dengizida 8 turi bor. Mayda umurtqasiz hayvonlar, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va b. b-n oziqlanadi; o’simlikxo’rlari ham bor. Ko’pincha suv o’tlari orasiga tuxum tashlab ko’payadi; kam ovlanadi.