Gudzon, Xadson Genri

Gudzon, Xadson Genri (taxm. 1550-1611) — ingliz dengizchisi. At- lantika okeanidan tinch okeanga utuvchi shim. dengiz yo’lini topish maqsadida 1607-11 y.larda 4 marta Arktika den- gizlarida suzgan. Ekspedisiyani in- gliz va golland savdogarlari Xitoy va Hindistonga Ispaniya va Portugaliya mu- stamlakalaridan xoliroq joydan o’tuvchi yangi suv yo’lini topish maqsadida uyush- tirgan. G. 1607 y. Tinch okeanga shim. qutb orqali o’tishga urinib 80°23′ sh. k.gacha borgan va yo’lakay Yanmayen o.ni kashf qilgan. 1609 y. Barents dengizi or- kali shim. Amerika qirg’oklarigacha suz- gan va materik sohilini tadqiq qilgan. Gudzon daryosini kashf qilib, uning yuqori oqimi tomon 250 km gacha bor- gan.Keyinchalik uning nomiga qo’yilgan bo’g’oz va katta qo’ltiqni kashf etgan. 1611 y. iyunida orqaga qaytishda yo’lda den- gizchilar isyon qilib, g.ni o’g’li b-n va 7 dengizchini kemadan qayiqqa o’tqazib qoldirishgach, bedarak yo’qolgan.