GUGO KAPET

GUGO KAPET (Hugues Capet; Capatus) (taxminan 940-996) — frantsuz qiroli (987 yildan) Kapetinglar sulolasi asoschisi. Lyudovik V Karoling vafotidan keyin qirol etib saylangan. Gugo Kapet nomigagina qirol bo’lib, uning hokimiyati faqat domen yerlari (Parij va Orleanni o’z ichiga olgan)gagina tarqalgan.