Gujarot
Gujarot — Hindiston shtata, mamlakatning g’arbida, Arabiston den- gizi sohilida. 1960 y.da Bombay shtati- dan aholisining aksariyatini Gujarot- lar tashkil etgan viloyatlarni ajratib tashkil etilgan. Mayd. 196 ming km2. Aholisi 50,6 mln. kishi (2001), 90% xindular, 8,4% musulmonlar. Ma’mu- riy markazi — Gandinagar sh. Yirik shaharlari: Axmadobod, Baroda, surat, Rojkut, Bhavnagar, Jamnagar, Kandla. G. er yuzasining ko’p qismi allyuvial- dengiz qumli gillardan tuzilgan yassi paettekislik. Iqlimi subekvatori- al, yog’inlar barqaror emas. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 16-23°, iyulniki 28°. G.ning katta qismida o’rtacha yillik yogin 500-1000 mm. O’simliklari shtatning g’arbida tropik savannalardan, sharqida tropik quruq o’rmon va tikanli butazor- lardan iborat. Yirik daryolari — tapti, Narbada, Maxi. G. kuchli seysmik zona- da joylashgan (q. Gujarot zilzilasi). Qadimda va o’rta aerlarda g. hududida bir necha davlat mavjud bo’lgan. 1297— 1396 y.larda g. erlari Dexli sultonli- giga karam edi. 1406 y. Dexli Sulton- ligining g.dagi noibi Muzaffarxon G.ni mustaqil sultonlik, Ahmadobodni uning poytaxti deb e’lon qildi. Mahmud I Begara davrida (1459-1511) g. ancha rivojlandi, savdo-sotiq kuchaydi. 16- a. boshlarida portugallarning g. port- larini qamal qilishi natijasida sul- tonlik iqtisodiy tushkunlikka uchradi. 1572 y.da Akbar g.ni o’z davlatiga qo’shib oldi. 18-a. o’rtalarida g. hududi marath peshvolari qo’liga o’tdi. 19-a. boshlari- da esa inglizlar uni Bombay (Mumbay) viloyatiga qo’shib yubordi. Hindiston mustaqillikka erishgach (1947), g. aloqida shtatga aylantirildi (1960). G. Hindistonning muhim paxtachilik rni va sanoati rivojlangan Shtatlari- dan. Butun Hindistondagi paxta may- donining 1/5 qismi va hosilining ¼ qismidan ko’prog’i, er yong’oqning 1/3 qismidan ko’prog’i g. hissasiga to’g’ri keladi. Oziq-ovqat uchun sholi, ichki VI- loyatlarda va shim.da jovar (tariqning bir turi), makkajo’xori, bug’doy, shtat- ning hamma joyida dukkaqli ekinlar eqiladi. Chorvachilikda qoramol, qo’y, echki boqiladi. Kach qo’ltig’idan tuz oli- nadi. Shuningdek, marganes, ohaktosh, boksit, neft ham qazib chiqariladi. Etakchi sanoat tarmog’i—to’qimachilik. Umumiy va elektrotexnika mashinasoz- ligi, kimyo, tsement i. ch. sanoatlari ham rivojlangan.