Gujarotlar

Gujarotlar — Hindistondagi xalq (taxm. 46 mln. kishi), Gujarot shta- tining asosiy aholisi. Shuningdek, Po- kistonda ham yashaydilar. Umumiy soni 47 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). Gu- jarot tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan hinduizmga e’tiqod qiladilar, sunniy musulmonlar va jaynizm taraf- dorlari ham bor. Devanagari yozuviga yaqin bo’lgan maxsus yozuvga ega. G.ning aso- siy mashg’uloti — dehqonchilik (sholi, bug’doy, tariq, shakarqamish, paxta etish- tirish), shuningdek, hunarmandchilik (uy to’qimachiligi, metallga ishlov berish, zargarlik) rivojlangan. G.ning negizi- ni Hindistonda ilk o’rta asrdan ma’lum bo’lgan Gujar elati tashkil etgan. Keyin- chalik uning tarkibiga qisman rajast- xonlar, bxillar, kollar va b. qo’shilgan.