Guk, Xuk (Nooke) Robert

Guk, Xuk (Nooke) Robert (1635.18.7, Uayt o.— 1703.3.3, London) — ingliz tabiatshunos olimi, konstruktori, IX- tirochisi. G. havo nasosi va burama Baro- metr ixtiro qilgan, mikroskop, ko’zguli teleskop, shamol kuchini o’lchaydigan va b. asboblarni takomillashtirgan. O’simlik va hayvon to’qimasining hujayralardan tuzilganligini tekshirgan (“hujayra” so’zini fanga g. kiritgan). X. Gyuy- gens b-n birga termometrning doimiy nuqtalari: muzning erish nuqtasi va suv- ning qaynash nuqtasini aniqlagan. Ela- stik jismlarga qo’yilgan kuch b-n uning deformasiyasi orasidagi bog’lanish qonunini kashf etgan (q. Guk qonuni). G. osmon jismlari bir-biriga tortiladi, degan fikrni ilgari surgan, tortishish kuchlari masofa kvadratiga teskari mu- tanosib ekanligi, sayyoralar elliptic orbitalar bo’yicha harakatlanishini aniqlagan. Yorug’likning to’lqin tabiati haqidagi nazariyani quvvatlagan.