Gul

Gul — 1) islimiy naqsh; tabiatdagi gullarni naqqosh tomonidan uslublash- tirib olingan tasviri. Naqsh mujas- samotida uni to’ldiradi va jozibali qiladi hamda asosiy yoki ikkinchi da- rajali ahamiyatga ega bo’ladi. G.lar mu- rakkab (pistagul, ko’pbargli g. va b.) va oddiy (Oygul, lolagul, paxtagul va b.) turlarga bo’linadi. Amaliy san’atning barcha sohalarida qo’llaniladi; 2) naqsh so’zi o’rnida keng ishlatiladi. G. so’ziga naqsh nomi qo’shib aytiladi (mas, g.i raftor, davra g. va b.).