Gul urug’chiligi

Gul urug’chiligi – gulchilik- ning sifatli gul urug’i tayyorlash b-n shug’ullanadigan tarmog’i. Aso- san bir yillik va ikki yillik gular urug’larini hamda gullar piyozlarini etishtiradi. G. u. quyidagi bo’limlardan iborat: selektsiya — yangi gul navlari yaratish, selektsiya st-yalari va selektsiya tajriba muassasalarida o’tkaziladi; nav sinash — yangi navlar Davlat nav sinash komissiyasi tomonidan nav sinash uchast- kasida sinaladi, so’ng r-nlashtiriladi; urug’chilik — r-nlashtirilgan yangi na- vlarni ko’paytirish va ularni yaxshilash; bu ishlar elita va maxsus urug’chilik uchastkalarida amalga oshiriladi; gul urug’lari b-n ta’minlash — nav- li urug’larni yig’ib, saqlash va tegish- li xo’jaliklarga tarqatish, bu ishlar b-n O’zbekistonda, asosan, O’zbekiston FA Botanika bog’i, akad. R. R. Shreder nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. in-tining gulchilik bo’limi xamda shaharlardagi manzara- li bog’dorchilik va manzarali gulchilik xo’jaliklari shug’ullanadi; urug’chilik nazorati — gul urug’larining nav va sifatini ekish oldidan tekshirish. Selektsiya st-yalarida etishtirilgan yangi navlar i.t. muassasalari va urug’ni dast- labki ko’paytirish xo’jaliklarining elita bo’limlarida alohida paykallarda o’stiriladi. Urug’ni tezroq etiltirish uchun kech ochiladigan gullar urug’i kungay erlarga ekilib, ilg’or agrotexnika usu- lida parvarishlanadi. Urug’olish uchun biologik va xushmanzarali belgilari ta- labga mos keladigan gul tuplari tanla- nadi.Buning uchun gullar ochilgan payt- da aprobasiya o’tkaziladi. Gul urug’lari mumkin qadar tupida etiltirib, kuzgi yog’ingarchilikka qoldirmay yig’ib olina- Di. Urug’lar gul to’plami b-n bog’langan holda bostirma ostida yoki yorug’bino ichida osib quritiladi, yanchib tozalangan urug’saqlash uchun omborga topshiriladi. Lutfulla Abdurahmonov.