Gulchilik

Gulchilik — gullimanzarali o’simliklarni bog’va xiyobonlarga, yo’l yoqalariga ekish, binolar ichini bezash, guldastalar yasash maqsadlarida o’stirish; dehqonchilik sohasi. Ochiq va isitila- digan erdagi g.ka bo’linadi. Ochiq er (dala)dagi g.da bir yillik (qashqargul, itog’iz, gulbeor, xushbo’y tamaki), ikki yillik (kapalakgul, bo’tako’z, chinnigul) va ko’p yillik (gulsapsar, pion, floks va b.) gullar o’stiriladi. Isitiladigan er (issiq,xona, oranjereya)dagi g.da no- zik va chiroyli gullaydigan, yaproqlari hamisha yashil o’simliklar (Lola, chin- nigul, xrizantema, palma, fikus va b.) o’stiriladi. G.ni ochiq va isitiladigan erlarda qo’shib olib borish yil davo- mida gul etishtirishni ta’minlaydi. Ko’pgina mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda G. juda qad. tarix- ga ega. Amir Temur, Bobur yaratgan bog’larda gul o’stirishga alohida e’ti- bor berilgan (q. Amir Temur bog’lari). O’zbekistonda gul va manzarali o’simlik ko’chatlari, qalamcha va urug’lari hamda tu- vaklarda ustiriladigan gullar etkazib beradigan xo’jaliklar, gul va ko’chat sota- digan maxsus “Toshkent gullari” firma- si tashkil etilgan. G. bo’yicha i. t. ishla- rini R. R. Shreder nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. in-ti olib boradi; malakali gulchilarni shu in-t kolleji, shuningdek, Toshkent agrar un- ti tayyorlaydi. Gul urug’lari, ko’chatlari, piyozlari etishtiradigan maxsus gulchi- lik xo’jaliklari bor (q. Gul urutiligi). Chet mamlakatlarda, ayniqsa, Evropa- da g. rivojlangan. GFR, Niderlandiya, Italiya, Frantsiya, Bolgariya va b.da g. iqtisodiyotning muhim tarmog’ini tash- kil qiladi, uning mahsulotlari eksport qilinadi. Mac, Niderlandiya Lola, ni- lufar, sunbul piyozlarini etishtirish- ga, GFR atirgul va chinnigulni sanoat usulida etishtirishga ixtisoslashgan. Ad.: Remiskevich I. T., Manzarali bog’dorchilik va gulchilik, T., 1964; Ozo- Lin P. K., Karamishina N. M., Uyda gul o’stirish, T., 1967; Tavlinova G. K., Sveti v komnate i na balkone, L., 1985. Lutfulla Abdurahmonov.