GULI SALIM

GULI SALIM (Paeonia intermedia) — ayiqtovondoshlar (ayiqtovongullilar oilasi)ga mansub ko’p yillik manzarali o’simlik. Dengiz sathidan 1500— 2500 metr balandlikdagi yumshoq tuproqli tog’ yon bag’irlarida daraxt va butalar orasida uchraydi. Poyasi sallagulnikiga o’xshaydi. Faqat bo’yi past (25-75 santimetr). Barglari murakkab. Guli qo’ng’ir-pushti, yirik.