Guliob

Guliob — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy. Surxonda- ryoni tashkil etuvchi To’polondaryoning chap irmog’i. Hisor tizmasining Jan. yon bag’irlaridagi past tog’va adirlardagi buloqlardan boshlanuvchi 9 ta irmoqning qo’shilishidan qosil bo’ladi. Uz. 27 km, havzasining mayd. 60 km2. Qor, yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. Suvining 70-80% mart—iyunda oqib o’tadi. Bu vaqtda suv sarfi 13,5 m3/sek ga etadi. Kam suvli davrida quyi qismida g. o’zani ko’pincha quruq bo’ladi. O’rtacha yillik suv sarfi 190 l/sek. G.dan Guliob, Gaza- rak qishloqlari erlari sug’oriladi.