Guliston
Guliston (gibrid № 2125) — er- tapishar o’rik navi. P.P. Shreder nomi- dagi bog’dorchilik, uzumchilik va vino- chilik i.t. in-tida K.V. Vasilev va L.A. Protasevichlar tomonidan Xurmoy va № 56 navlarini chatishtirib chiqarilgan. Daraxti kuchli usadi, siyrak shoxli. Mevasi o’rtacha (33 g), yumaloq, quyoshga qaragan tomoni qirmizi rangda. Po’sti yupqa, etidan ajralmaydi. Eti sersuv, sershira (17,17% qand, 0,84% kislota bor), och-sariq, xushbo’y, danagi o’rtacha (2,5 g). Apr.ning birinchi o’n kunligi- da gullaydi (Ko’rsodiq navidan 4-5 kun kech). Iyunning boshlarida pishadi (pishishdan 5-6 kun oldin mevalari rangga kiradi). Har yili hosil bera- Di. Ko’chati ekilgandan keyin 4-yilidan boshlab hosilga kiradi. Yangiligida iste’mol etiladi, konserva qilinadi. O’zbekistonning Jan.-g’arbidagi adir va tog’oldi zonalarida eqiladi.