GULISTON UNIVERSITETI

GULISTON UNIVERSITETI, G’afur G’ulom nomidagi Guliston dav- lat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. O’zR Prezidenti farmoniga asosan 1992 y. 15 martda Sirdaryo ped. in-ti (1966 y. asos solingan) negizida Guliston sh.da tashkil etilgan. 1966 yil 17 iyul- da G’afur G’ulom nomi berilgan. Un-tda Filol., fizikamat., tarix, ped., tabi- atshunoslik, iqtisodiyot, qo’shimcha ta’- lim f-tlari, 23 kafedra, 19 ilmiy va o’quv lab., ustaxona, gerbariy, botanika bog’i, zool., tarix va adabiyot muzeyla- ri, ma’naviyat xonasi, sport maydoni va zali, til o’rganish markazi, biznes maktabi, kutubxona (330 mingdan ortiq asar saqlanadi), Xo’jamushkent o’quv dala amaliyotlari bazasi, Navbahor o’quv tajriba uchastkasi mavjud (2001). Un-t qoshida 2 akademik lisey va malaka oshirish in-ti, bosmaxona ham bor. Gaz. va jur. nashr etadi. Internet asosida 10 dan ortiq rivojlangan mamlakatlar- ning ilmiy markaz va o’quv yurtlari b-n aloqa qiladi. Un-t 20 ixtisoslik (o’zbek Filol.si, rus Filol.si, ingliz tili va adabiyoti, qozoq Filol.si, tarix, davlat huquqi, mat., amaliy mat. va informati- ka, fizika, kimyo, biol., ekologiya, ped. Va boshlang’ich ta’lim uslubi, chizmachilik va tasviriy san’at, umumiy texnika va meh-nat, q.x.ni mexanizapiyalashtirish, jismoniy madaniyat, iqtisod, agrokimyo va tuproqshunoslik, buxgalteriya hisobi va audit) bo’yicha mutaxassislar tayyor- laydi. 1993 y.dan aspirantura faoli- yat ko’rsatadi. Un-tda 7 yo’nalish bo’yicha aspirant, 5 yo’nalish bo’yicha magistrlar tayyorlanadi. 2001/2002 o’quv yili un-tda 2664 talaba ta’lim oldi, 200 dan ortiq o’qituvchi, jumladan 10 fan dri va prof., 100 dan ortiq fan nomzodi va dosent ishladi. Un-t faoliyati A. Parpiev, A. Kattabekov, U. O’ljaboev, A. Quljonov, H. Qarshiboev, Sh. Niyozov, F. Samadov, R. Mahmudov, V. Rahmonov, A. Pozilov, B. To’ychiboev, I. Axmetov, O. Ayupov, N. Mamadiyorov kabi prof.-o’qituvchilar nomi b-n bog’liq. Un-t Soros, Adenau- er, “Ustoz”, “Umid”, Aksele, tasis kabi xalqaro jamg’armalar b-n hamkorlik qiladi. Un-tda turli yo’nalishlarda i.t. ishlari olib boriladi. 2002 y.gacha un-t 19934 mutaxassis tayyorladi.