GULJA’FAR

GULJA’FAR (Tagetes patula) -Qoqio’tdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t. Bo’yi 30-70 santimetr, poyasi sershox. Barglari patsimon bo’lingan, uzunligi 2-7 santimetr, eni 1,5—3 santimetr. Gulbandi 5-7 santimetr. Gullari savatchada o’rnashgan, tilsimon gullari, asosan, bir qator joylashadi. Urug’i tukli, qo’ng’ir, popugi qisqa. Iyul—sentda gullaydi. O’zbekistonda manzarali va dorivor o’simlik sifatida eqiladi. Vatani—Amerika.