Gulobod

Gulobod — Samarqand viloyati- dagi qishloq (1985 y.dan). Samarqand tumani markazi. G. Samarqand sh.dan 12 km, katta O’zbekiston traktining o’ng yoqasida. Aholisi 10 mingdan ziyod (1998). G.da O’zbekistan—Eron, O’zbekiston— Amerika va O’zbekistan—Germaniya qo’shma korxonalari tashkil etilgan. Korxonalarda chinni, mebel, kiyim- kechak, sut mahsulotlari va b. iste’mol mollari ishlab chiqariladi. G.da tuman hokimiyati binosi, bank, agrokombinat, lisey, aloqa bo’limi, savdo shaxobchala- ri, stadion bor. Ikkinchi jahon urushi hamda Afg’onistondagi urushda qurbon bo’lgan shu tumanlik fuqarolar xotira- siga yodgorlik, Jomiy va Navoiylarga haykal o’rnatilgan. Qishloq markazida xiyobonlar, atrofida 1,5 ming ga maydon- da bog’barpo qilingan.