“G’ULOMIYA”
“G’ULOMIYA” — oktyabr to’ntarishigacha Toshkentda toshbosma usuli bilan mahalliy tilda kitob nashr etilgan bosmaxona. 1889 yil G’ulom Hasan Orifjonov tomonidan dastlab muqovaxona, 1908 yil toshbosmaxona ochilgan. G’.H.Orifjonov o’zi ham o’zbek klassiklari asarlarini keng yoyish va xattotlik san’ati an’analarini taraqqiy ettirish tarafdori bo’lgan, xattotlik qilgan. “G’ulomiya”da bosilib chiqqan dastlabki kitoblardan biri Firdavsiyning “Shohnoma”si bo’lgan (“Shohnomai Firdavsiy”). So’ng Navoiy “Devon”i, Fuzuliy “G’azaliyot”i, Muqimiy “Bayoz”i, shuningdek, “Haftiyak”, “So’fi Olloyor”, “Chor kitob”, “Qur’on”, “Nodir ul-Me’roj”, “Tashih ul-imomiy” kabi turli mazmundagi kitoblar ham bosilib chiqqan. “G’ulomiya”nashrlari adadi 2-3 ming nusxa atrofida bo’lgan. Bu erda jami yuzdan ortiq kitob va risolalar chop etilgan. “G’ulomiya” Turkistonda toshbosma kalligrafiyasining rivojlanishida muhim rol o’ynagan.