G’ULOMOV AYYUB G’ULOMOVICH

G’ULOMOV AYYUB G’ULOMOVICH (1914. 15.5 – Toshkent – 1986.30.5) – tilshunos olim, o’zbek ilmiy grammatikasining asoschilaridan biri. Filologiya fanlari Doktori (1958), professor (1959). Toshkent pedagogika instituti o’zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1936). Toshkentdagi o’rta maktablar va pedagogika texnikumlarida o’qituvchi (1930-35), pedagogika institutlarida o’qituvchi, dotsent, kafedra mudiri (1936-57). Ayni paytda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1940— 46; 1967— 69), sektor mudiri (1946— 49), O’rta Osiyo (Toshkent) universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida dotsent (1942-46), kafedra mudiri (1946-86). G’ulomovning ilmiy asarlari o’zbek tilshunosligining fonetika va grammatika, leksikologiya va so’z yasalishi, uslubshunoslik va nutq madaniyati, eti-mologiya va leksikografiya sohalari, o’zbek tili tarixi va dialektologiyasi masalalariga bag’ishlangan. Uning “O’zbek tilida kelishiklar” (1941), “O’zbek. tilida ko’plik kategoriyasi” (1944), “sodda gap sintaksisi” (1948), “O’zbek tili morfologiyasiga kirish” (1953), “fe’l” (1954), “sodda gap” (1955) kabi asarlari o’zbek tili ilmiy grammatikasining shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiddi. G’ulomov o’rta maktablarning 5-9-sinflari uchun “O’zbek tili darsliga” (o’tgan asrning 70-90-yillarida 20 martaga yaqin nashr etilgan) va oliy o’quv yurtlari uchun “hozirgi o’zbek adabiy tili” (1961; 2-nashri — 1965) kabi darslik va bir qancha qo’llanmalarning, 2-jildli “O’zbek tili grammatikasi” (1975-76) ning mualliflaridan biridir. A;..O’zbek tilida aniqlovchilar, T., 1940; o’zbek tilida urg’u, T., 1947; etimologik noaniqliklar, T., 1975; O’zbek tili morfem lug’ati, T., 1977 (hamkorlikda).