G’ULOMOV QODIR G’AFUROVICH
G’ULOMOV QODIR G’AFUROVICH 1945.15.2, Toshkent) — fizik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995), fizika-matematika fanlari Doktori (1980). Moskva universitetini tugatgan (1968). Ayni paytda Dubnadagi Birlashgan yadro tadqiqotlari institutda ishlagan (1967-68). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi institutida kichik ilmiy xodim (1969-70), Fizika-texnika institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1971-88). “Fizika—Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Bosh direktor muovini (1988-89), Bosh direktori (1989-99), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Bosh ilmiy kotibi (1991-99), O’zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri (2000-2005). Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi, Materialshunoslik sohalariga oid. Uning rahbarligida turli tipdagi quyosh kollektorlari, fotobatareyalar, yangi abraziv uskunalar, izolyatorlar va keramik buyumlar yaratildi hamda ularni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). As: Kogerentnaya generasiya chastis vo vzaimodeystviyax pionov Bolshoy energii s atomnmmi yadrami (obzor) // Vzaimodeystvie chastis vmsokix energiy s nuklonami i yadrami, T., 1972 (v soavtorstvs); Inklyuzivnoe rojdenie deytronov v “‘orsoudareniyax pri 3,25 GeV/s ,// yadernaya fizika, T, 2005 (v sooavtorstve). Ad.: Qodir G’afurovich G’ulomov, T.. 2005.