Gultojixo’rozdoshlar, machindoshlar

Gultojixo’rozdoshlar, machindoshlar (Amaranthaceae) — ikki pal- lalilarga oid o’t yoki butalardan iborat oila. Barglari tekis, butun, gullari to’p-to’p, boshoqsimon yoki ro’vaksimon, to’pgullarga yig’ilgan. Mevasi yong’oqcha, ba’zan rezavor. Ba’zi gullari ilmoqcha yoki tukchaga aylangan. Bu oilaning 64 tur- kumi va 850 ga yaqin turi bor. Ko’pchiligi issiq mamlakatlarda tarqalgan. Ba’zi- lari (mas, machinlar) ekinlar orasida (begona o’t) o’sadi, boshqalari esa (mas, gultojixo’roz) xushmanzara o’simlik sifatida eqiladi. O’zbekistonda 3 ta turkumga mansub 13 turi usadi. Shu- lardan 2 tasi madaniy manzarali tur hisoblanadi.