“Guluzorim”

“Guluzorim” — Navoiyning “Etmish meni” radifli muxammasiga Hoji Abdulaziz Abdurasulov bastalagan ashula. Asosiy matn bandlari orasida “Guluzorim voey, rahm ayla nigorim” kabi jumlalar takrorlanib o’qilgani uchun g. deb nomlangan. “Eshvoy” nomli cholg’u kuyi, shuningdek, Shashmaqomdagi Rost maqomi tarkibidagi Savti Ushshoq sho”basi asosida yaratilgan. 3/4 o’lchovli harakatchan taronalar usulida ijro eti- ladi. Daromad qismida Uzzol sho”basi ohanglaridan, Dunarsdan keyin kela- digan avj qismida esa Turk avjidan ijodiy foydalanilgan. Turli yillarda “G.”ni o.Imomxo’jaev, O. Apima hsumov badiiy ta’sirchan tarzda ijro etishgan. Cholg’u kuy sifatida ham ijro etiladi.