“Gulyor”

“Gulyor” — 1) ommabop o’zbek xalq qo’shiqlaridan; 2) rivojlangan shaklli o’zbek ashula yo’llaridan. Dastlab Tosh- kent, Farg’ona vodiysida mashhur bo’lgan. U Saraxbor usulida 2/4 takt o’lchovida ijro etiladi. Uyg’ur xalq musiqasida ham “g.”nomli qo’shiqlar bor, bular- da she’rning har misrasidan keyin “G.”so’zi takrorlanadi (yana q. Gulyor- Shahnoz). Respublikamizda “G.”nomida- gi bir necha ayollar folklor-etnografik ansambllari mavjud (mas, Bo’stonliq tu- manidagi “g.”ansambli).