Gumbazi Sayidon

Gumbazi Sayidon (“Sayidlar gumbazi” maqbarasi) — Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik. Ulug’bek qurdirgan (1437 — 38). Maqbara Chortoq tarx,li (tashqi o’lchami 9X9 m, ichki tomoni 5,75×5,75 m), poygumbazi sakkiz qirrali (prizmasimon), gumbaz b-n qoplangan. Peshtog’i va tashqi tomon gumbazi qulab tushgan (hoz. gumbazi qayta tiklan- gan). Poygumbazidagi girih va isli- miy naqshlar orasida kufiy yozuvi bi- tilgan. Maqbara ichki devorlaridagi ravoklar ikki qator bo’lib, ustidagi burchaklarda tuynuk va keng tokchalar mavjud. Devordagi davrapoyalar ichi- da 12-6 burchaqli girixlar uchraydi. Maqbara ichidagi sag’analar (15 — 18-a. larga oid)da Ulug’bek avlodlari bo’lmish termizlik sayidlar (Amir Abdul Mu- oniy, Muhammad Sayid va Mag’rufjon Muoniy)ning nomlari yozilgan (shundan maqbara “Sayidlar gumbazi” deb nom- langan bo’lsa kerak).