Gummi
Gummi (lot. gummi, Yun. Kommi — elim), kamedlar — kompleks polisa- xaridlar, organik moddalar; ba’zi da- raxtlar (mas, har xil akasiyalar, olcha, shaftoli va b.) tanasining shikastlan- gan eridan oqib chiqib qotib qoladigan tiniq massa, yopishqoq quyuq shira. Smo- ladan farqli o’laroq, spirtda erimaydi. Elim sifatida ishlatiladi; tibbiyotda qoplovchi va yumshatuvchi modda holida qo’llaniladi.