GURBAXSH SINGH
GURBAXSH SINGH (1895-1977) -hind (Panjob) yozuvchisi. Muxandislik kollejida (Rurkiy) va Michigan (AQSh) un-tida o’qigan. “Pritlari” (“Sev- gi halqasi”) jur.ni chiqargan (1933). “Rajkumar Latika” (1923) pesasida dehqonlarning erga egalik qilish uchun zamindorlarga qarshi kurashi tasvirlan- gan. G.S.ning ijodida hind xalqining milliy ozodlik harakati muhim o’rin tutadi. Uning “Vatanparvar” hikoyasida teng huquqli, farovon jamiyat haqidagi orzu-umidlari aks etgan. G.S. 30 dan ortiq asar muallifi (“Sevgi yo’li”, “Sevgi hikoyalari”, “Shabnam”, “hayot sharbati”, “abadiy yonuvchi Mash’al” va b.). Chet ellik ijodkorlar (V. Gyugo, U. Uitman, T. Xardi va b.)ning asarlarini Panjob tiliga tarjima qilgan. 1958 y.da O’zbekistonda bo’lgan. Ba’zi hikoyalari o’zbek tilida nashr etilgan.